SIYOSIY HAYOT
SIYOSIY HAYOT — odamlarning hokimiyatga doir, o’zaro aloqalari shakllari, faoliyati sifatida namoyon bo’ladi. U doimo moddiy va ijtimoiy–ma‘naviy asoslar bilan belgilanadi va muayyan tarixiy shaklda namoyon bo’ladi. Siyosiy hayot o’z ichiga siyosat sub‘yektlarini, ularning ehtiyoj va manfaatlarini, munosabat va faoliyatlarini, siyosiy institutlarni, qoida, ong va madaniyatni, siyosiy hokimiyatga doir aloqalarni oladi.