SIYOSIY RISK
SIYOSIY RISK — davlat organlarining xatti-harakati yoxud uyushgan shaxslar guruhining siyosiy talab bo’yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush harakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o’zgarishi, qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro’y bergan vaqtda sug’urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo’ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus sug’urta kompaniyalari tomonidan sug’urtalanishi mumkin.