Siyovush

Siyovush (Avestoda Siyovarshan, Si- yovaxsh — «qora ot») — «Shohnoma» eposi qahramonlaridan biri. Kayoniylaraan. O’rta Osiyo xalqlarining mifologik ta- savvurlariga ko’ra, Quyoshga teng qilinib, umri so’nayotgan va qayta tirilayotgan ma’bud ramzi. Beruniyga ko’ra, Xorazmda hukm surgan afrig’iylar shajarasi Sdan boshlangan. Xorazmda mil. 1-7-a.larda zarb etilgan tangalardagi chavandoz sura- ti ayrim tadqiqotchilar (SP.Tolstov va b.) tomonidan S.ning tasviri deb qabul qilingan. «Shohnoma»ga ko’ra, S Kayko- vusniig o’g’li bo’lib, uni Bahodir Rustam tarbiya qilgan. O’gay onasi Sudoba S.ga shahvoniy mehr qo’ygan, biroq undan rad javobini olgach, S.ni o’zining nomusiga tajovuz qilganlikda ayblagan. Biroq S. gulxan sinovidan o’tib o’zini pok, ayb- sizligini isbot qilgan. Shundan so’ng S. Turon podshosi Frangrasan (Afrosiyob) xuzuriga borgan. Afrosiyob dastlab uni yaxshi qabul qilib, qizi Farangisni ber- gan, so’ngra makkorlik b-n uni o’ldirgan. S.ning qasoskori sifatida o’g’li Kay- Xusrav Turonga otlangan. S O’rta Osiyo xalqlari orasida katta Shuhrat qozongan. U haqida qissalar, qo’shiqlar (Buxoro- da S.ga bag’ishlangan turkum qo’shiqlar Kini S — «S uchun qasos» yoxud «mug’lar yig’isi» deb atalgan), xalq afsonala- ri to’qilgan. Nishopuriyning yozishi- cha, o’ldirilgan S. jasadi Buxoroning Sharqiy darvozasi (Go’riyon) oldiga ko’milgan. Har yili yangi yil kuni quyosh chiqquniga qadar har bir erkak S.ga atab xo’roz so’yishi lozim bo’lgan. Ajdarho da- raxtining mumi «S. qoni» deb ataladi. Edvard Rtveladze.