Skafandr

Skafandr [Yun. skaphe — qayiq va aner(andros) — odam] — uchuvchi, kos- monavt, astronavt va g’avvoslarning Ger- metik kiyimi. Odamning havosi siyrak atmosferada, kosmik fazo va suv ostida ishlashiga imkon beradi, atmosfera re- jimini (bosim, tra, namlik va gaz tar- kibini) ma’lum darajada saqlab tura- Di. S.ning qutqaruv ishlari va kosmik parvozlar uchun mo’ljallangan xillari bor. Qutqaruv Si samolyot yoki kosmik kema kabinasining germetikligi buzil- ganda, juda balandda katga tezlik b-n uchish paytida katapultalanganda hamda yuqori va past trali sharoitda uchuv- chi va kosmonavtlarnig hayotini saklab qolish uchun ishlatiladi. U yumshoq Ger- metik kiyimbosh, qattiq shlem, etik va qo’lqopdan iborat. Havo S. ichiga siqiq havo manbai (mas, dvigatel kompresso- ri)dan keladi. Havo berk kontur bo’ylab aylanib yuradigan (regenerasion) S. ham bor. Bunda havo maxsus moslamalar b-n tozalab turiladi. Kosmik S. kosmonav- tning ochiq kosmik fazoda yoki boshqa say- yora sirtida uzok, muddat bo’lishini ta’- minlaydi. Bunday S.qattiq yoki yumshoq bo’lishi mumkin. Kosmonavt mustaqil tizimdan yoki kosmik kema bortidagi ti- zimdan shlang orqali kislorod b-n ta’- minlanadi. Bunday S.da traning keskin o’zgarishi va radiasiyadan kosmonavtni asrovchi qobiq bo’ladi. U harakatlanish va orientasiya vositalari b-n, kosmo- navtning ahvoli va asosiy fiziologik ko’rsatkichlarini erdan turib nazorat qilib borishga imkon beradigan biote- lemetrik tizim b-n ta’minlanishi shart. G’avvoslar kiyadigan S. rezinalangan ma- todan tikiladi, shlemi metalldan yasala- Di; u juda chuqur suvda ishlashga imkon beradigan zirhli apparat b-n ta’minla- nadi.