Skapolit

Skapolit (Yun. skapos — o’q, o’zak, ustun va lithos — tosh) — silikatlar sin- figa mansub minerallar guruhi. Chekka natriyli turi marialit, kaltsiyli turi meyonitgacha bo’lgan minerallar seriya- si; uning oraliq a’zosi dipir (meyonit komponenti 20-50%), misionit (50— 80%). Asosan, marmar, gneys, slanes tog’ jinslarida, xuddi shuningdek, pnev- motalit jarayonlarda vulkan jinslari bo’shliqdarida, ba’zan kontaktmetaso- matik jarayonlarda nordon va ishqorli magmatik jinslarning ohaktosh va dolo- mitlar b-n tutashgan joylari (skarnlar) da yaxshi kristallangan minerallar sha — klida uchraydi. Mazkur guruq mineral- lari O’zbekiston g’arbidagi Langar koni- da, Qurama tizmasidagi bimetasomatik skarn jinslarida o’lchami 3-5 sm gacha uzunlikdagi kristallar xrsil qiladi. Kristallari prizmatik shaklda bo’lib, vulkan jinslarida rangsiz, slanes va ohaktoshlarda kulrang, ba’zan to’q havo rangdadir. U shishadek yaltiroq, ulanish tekisligi bo’yicha sadafdek tovlanadi. Ushbu guruh minerallari nurash jara- yonida o’zgarib, ba’zan ikkilamchi mi- nerallarga aylanadi. Sdan bezak toshi (glavkolit) sifatida foydalaniladi. Nurash jarayonida Sdan kaolin hosil bo’ladi.