SKIATRON
SKIATRON [Yun. skia — ko’lanka va (elek)tron] — qora tasvirli elek- tron nurli trubka. Ekranda oq fon- dagi kora chiziklardan iborat tasvir paydo bo’ladi. Ishi ba’zi kristallar (mas, sodalit)ni elektronlar b-n bom- bardimon qilinganda ularning o’z ran- gini o’zgartirishi (krraytirishi)gaa- soslangan. S. ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlashga va qayd qilingan tasvirlarni kunduzgi Ravshan yorug’likda ham oddiy ko’z b-n kuzatishga, tasvirni katta ekran- ga proektsiyalab tushirishga imkon bera- Di. S ma’lumotlarni radiolokasion va televizion qurilmalarda aks ettirishda qo’llanadi. Mas, oy sirti tasvirini kat- ta ekranda kuzatishda Sdan foydalanish mumkin.