Skottlar, skotlar

Skottlar, skotlar (so’nggi lot. Scotti, Scoti) — kelt qabilalari guruhi. Ilk bor Rim muarrixlari asarlarida, S. va pikt qabilalari Rimning Britaniya provintsiyasiga chopqunlari munosabati b-n tilga olingan. Dastlab Irlandiyada yashaganlar (shundan Irlandiyaning Rim manbalaridagi nomi — Skottiya olin- gan), keyinchalik (mil. 1ming yillik o’rtalarida) S.ning bir qismi Britani- yaning shim.ga ko’chib o’tishgan va u erda piktlarni tobe etib, 9-a. o’rtalarida Shotlandiya (Scotland, aynan — S. mam- lakati) deb nomlangan Qirollik barpo etganlar.