Slyudalar

Slyudalar — urganda yuzasi silliq, juda yupqa varaqlarga ajraladigan, jins hosil qiluvchi minerallar. Masalan, tabiatda keng uchraydigan muskovit bilan flogopit izolyator sifatida, metallurgiya pechlari oynalari uchun, elektr sanoati va radio sanoatida, biotit esa elektrotexnika sanoatida izolyator sifatida ishlatiladi. Konlari: Ural, Sharqiy Sibir, Kareliya, Ukraina, Hindiston, Shri-Lanka, Kanada, AQSh va b.