Smetana (Smetana) Bedrjik
Smetana (Smetana) Bedrjik (1824. 2.3, Litomishl — 1884.12.5, Praga) — Chex kompozitori, pianinochi, dirijyor, musika jamoat arbobi. Milliy ope- ra va simfonik musika asoschisi. 1830 y.dan pianinochi sifatida kontsertlar bergan. 1850-70 y.larda dirijyor, peda- Gog, musiqa tanqidchisi. Pragada musiqa maktabi (1849), opera maktabi (1872)ni tashkil etgan. S. milliy ruxda yaratilgan «Brandenburgliklar Chexiyada» (1863), «Dalibor» (1867), «Libushe» (1872) kabi tarixiy va, ayniqsa, shoh asari — «so- tilgan kelin» (1866) hajviy operalari, «Mening Vatanim» simfonik poemalar turkumi va boshqalar b-n Chex musiqasini jahonga tanitgan. «Sotilgan kelin» ope- rasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1952). Chexiyada S. jamiyati (1930 y. dan), Chexiya va Shvesiyada S. muzeylari fao- liyat ko’rsatmoqda. Pragadagi «Musiqa uyi», kontsert zaliga S. nomi berilgan.