SOBIROV MAHAMMADJON SOBIROVICH
SOBIROV MAHAMMADJON SOBIROVICH (1907, Turkiston shahri — 1985, Samarqand) — matematik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968). Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand pedagogika akademiyasining tabiiy-matematika fakultetini tugatgan (1932). O’zbekiston davlat universiteti (SamDU) da assistent, o’qituvchi, katta o’qituvchi, fakultet dekani, kafedra mudiri, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimlarida ishlagan (1933-77). Ilmish ishlari asosan sonlar nazariyasiga oid.