Sobol

Sobol (Martes zibellina) — yirtqichlar turkumining suvsarsi- monlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvonlar turi. Uz. 32-58 sm, urg’ochisi erkagidan kichikroq. Dumining uz. 19 sm gacha. Juni qalin, mayin, chiroy- li, qoraqo’ng’ir rangda. Tinch ocean sohillaridan tortib shim. Uralgacha bo’lgan tog’tekislik o’rmonlar (asosan, ninabargli)da yashaydi. Mongoliyada, Xitoyning shim.sharqi, Koreya yarim oro- li va Yaponiyada ham tarqalgan. Asosan, erda hayot kechiradi. Daraxtga faqat xavf tug’ilganda chiqadi. Uyasini yiqilgan da- raxt kovaklariga, kunda va toshlar osti- ga quradi. Yilda bir marta iyun— iyul oylarida urchiydi. Homiladorlik davri ancha uzoq (245-298 kun). Aprelmay oy- larida 2-7 tadan bola tugadi. Bolala- ri 2-3 yilda voyaga etadi. Tutqunlikda 15-18 yil yashaydi. S har xil hayvonlar va o’simliklar b-n oziklanadi. Ovlana- Di. Qimmatbaho mo’ynasi uchun ko’p ovla- nishi natijasida soni kamayib ketgan. Hoz. S. sonini ko’paytirish uchun maxsus qo’riqxonalar va mo’ynachilik fermalari tashkil etilgan.