Soch

Soch (Pastor roseus) — chumchuqsimonlar turkumining shaqshaklar oilasiga mansub kush. Tana- sining uz. 23 sm cha. Narining bosh va bo’ynidagi patlari qorabinafsha tusda, metall kabi yaltiraydi, dum va qanot pat- lari qora, yashilbinafsha rangda, qolgan joylari pushti. Oyoqlari qizilqo’ng’ir. Tumshug’i kalta, yo’g’on. Boshida uzun kora patli kokili bor. Modasi oqishroq, yosh individlari sarg’ish, qum st. rangda. Uya- sini koloniya bo’lib, qoya, jar va b. erlarga quradi. 4-6 ta tuxum qo’yadi. JanSharqiy Evropa, Jan.G’arbiy Sibir, Old va O’rta Osiyoda tarqalgan. Mart oyidan O’zbekistonda ham uchraydi. Asosan, chi- girtka va b. zararli hasharotlar bilan oziklanadi. Uzum, gilos, olcha kabi me- valarni eb, bog’dorchilikka kisman zarar keltiradi.