Sodiqov Zohid

Sodiqov Zohid (1910.1.1, Toshkent — 1962.12.4, Samarqand) — O’zbekiston xalq artisti (1950). Ijodini 1924-34 y.lar Toshkent ishchiyoshlar teatrida dra- ma va musikali drama spektakllarida rollar ijro etish b-n boshlagan. 1934 y.dan H.Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida faoliyat ko’rsatgan. Ne’- mat («Halima»), Farhod («Farhod va Shirin»), Qodir («G’unchalar»), Qodir («Gulsara»), Tohir («Tohir va Zuhra»), Qosim («besh so’mlik kelin»), Mardon («Davron ota»), Shoh Bahrom («Dilo- rom») kabi obrazlarni musiqali drama- larda yaratgan. Dramatik spektakllarda Rustam («Rustam»), Arslon («Tormor»), Kalaf («Malikai Turandot»), G’ulom («Nomus va muhabbat»), G’ofir («boy ila xizmatchi»), Majididdin («Alisher na- voiy»), Muqimiy («Mavlono Muqimiy»), Montaro («Otello») kabi rollarni ijro etgan.