So’fizoda
So’fizoda (taxallusi; asl ism- sharifi Muhammadsharif Egamberdi o’g’li) (1880.29.1, Namangan viloyati Chust sh. — 1937, Toshkent) — O’zbekiston xalq shoiri (1926), ma’rifatparvar, murab- biy. 20-a.boshidagi yangi o’zbek adabi- yotining iste’dodli vakillaridan. O’z bilimini oshirish uchun Istanbul un- tiga kirgan, lekin o’qishni davom ettira olmagan, Turkistonga qaytib, 1910-13 y.larda Qo’ng’irotda o’qituvchilik qilgan. S.ning dastlabki she’rlari 19-a. 90y. lar she’riyatining mumtoz namoyandala- ri Muqimiy, Furqat, Muhyilar ta’si- rida maydonga kelgan. Ayniqsa, 1893 y. da Qo’qonda yashab, Muqimiy atrofi- dagi shoirlar bilan yaqin munosabatda bo’lishi S. dunyoqarashining shakllani- shida, badiiy mahoratining o’sishida o’ziga xos maktab bo’lgan. «Vahshiy» ta- xallusi bilan mansabmartaba yo’lida o’z millatini sotib ketuvchi xoin va riyokor mahalliy amaldorlarni fosh etuvchi ke- skin hajviyalar yozgan. Ushbu hajviyalar uchun «dahriy» deb e’lon qilinib, qatl etishga hukm etilgan. Shoir qochishga, 1900 -13 y.larda ona diyoridan uzoqda hayot kechirishga majbur bo’lgan. 1899 y.dan S. Chustda (2 yil), Misr viloyatida yashagan. Tiflis, Bokuda, so’ng esa Arabi- ston, Hindiston, Turkiyada bo’lgan. She’- rlari bilan Kavkaz va Orenburg matbu- otida, Toshkentda chiqadigan «Turkiston viloyatining gazeta», «Sadoi Turki- ston» gaz.larida faol qatnashib turgan. Nihoyat, 1913 y.ning oxirlarida Chustga qaytib, yangi usuldagi maktab ochgan. Bu maktab o’z davrida shaharda dunyoviy bi- lim o’rgatuvchi yagona ilm o’chog’i bo’lgan. Bundan tashqari, u Kamarsadada ham bo- lalar uchun «Dorulaytom» (etimlar uyi) va katgalar uchun kechki kurslar ochgan. Lekin bu maktablar tezda yopib qo’yilgan. «Muallifni quvib, maktabilani yopgan chustilar, bizlar…»deb boshlanadigan kinoya va qochiriqlar to’la she’ri mat- buotda e’lon qilingach, S. yana ta’qibga uchrab, o’z vatanidan bosh olib ketishga majbur bo’lgan. 1915 y. Hindistonda, keyinroq Afg’onistonda yashagan. Bu vaqtda u o’zining «Siroj ulaxbor» («xa- bar ziyosi») dagi forsiy she’rlari bilan Amir Habibullohon nazariga tushgan va uning ruxsati bilan maktab ochib, ish boshlagan (1918). Ko’p o’tmay, yangi Amir Omonullohon uni maorif vazirligiga ishga olgan. 1919 y.da u Afg’oniston delegasiya- siga tarjimon bo’lib, Turkistonga kel- gan va ulardan uzr so’rab, yurtida qolgan. Biroq uning ona yurtidagi hayoti yana no- tinch kechgan. Nihoyat, sho’ro hukumati to- monidan tazyiq ostiga olinib, 1937 y.da qatag’on qilingan. As: Taronalar, T., 1968; Ajziy, So’fizoda, ibrat [tanlangan asarlar], T., 1999. Ad.: Solihov Miyon Buzruk, So’fizoda va uning ijodi, T., 1934; Qosimov B., Do- limov u., Ma’rifat darg’alari, T., 1990. Begali Qosimov.