So’lak bezlari
So’lak bezlari — og’iz bo’shlig’iga so’lak chiqaradigan hazm bezlari; bular og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida (lab, lunj, tanglay va tilda) joylashgan. Evolyusion jihatdan og’iz bo’shlig’ining rivojlanishi bilan bog’langan. Dastlab funktsional SB. hasharotlarda paydo bo’lib, ovqat hazm qilish sistemasi- ning oldingi kismida joylashgan. Ay- Rim hayvonlarning SB. zaharli modda- li (mas, ayrim ilonlar zahari) yoki qon ivishining oldini oladigan (mas, zulu- Klarda girudin) sekret ishlab chiqaradi. Serozli va shilliq so’lak ajratadi- gan bezlar hamda aralash bezlarfarq qilinadi. Bulardan tashqari yana 3 juft — quloq oldi, til osti va jag’osti SB. bor. Odamda quloq oldi S.b.ning (tashqi eshituv yo’llarining oldida joylashgan) yo’li og’iz bo’shlig’ining kirish qismiga, jag’osti S.b.ning (pastki jag’da) yo’li til ostiga ochilgan. Til osti S b.ning yo’li jag’osti S.b. bilan qo’shilib ket- gan. S. b.ning sekreti (so’lak) ovqat hazm qilishning dastlabki bosqichida qatnashadi. Odamda S.b. kasalliklari- dan so’lak toshi kasalligi, epidemik Pa- rotit va b. uchraydi.