Solihov Enmark Shokirovich

Solihov Enmark Shokirovich (1934.12.9, Samarqand) — kompozitor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1984). Toshkent konser- vatoriyasini tugatgan (1963). O’zbekiston televidenie va radioeshittirish qo’mitasi estrada-simfonik orkestrida (1964-65) va «O’zbekkontsert» (1973— 76)da badiiy rahbar. O’zbekiston konser- vatoriyasida pedagog (1968-73), dosent (1996 y.dan) va estrada ijrochiligi ka- fedrasi mudiri (1996-98), O’zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1975— 82), O’zbekiston musiqa jamiyati tashki- lotchisi va raisi (1987 -91). Ijodida ommabop musiqa janrlariga alohida ahamiyat bergan. «Qiz bola», «Qaydasan», «Sog’indi jon», «Bahor ohanglari», «Sevgi bahori» kabi estrada qo’shiklari, «Xo’ja Nasriddin» operettasi, «Oygul parining sovg’alari», «Mo»jizali do- ira» myuzikllari, «Qalbingda quyosh», «Nomerga 100 satr», «Marg’iyona», «Yana o’sha Nasriddin» va b. badiiy va hujjatli filmlarga musiqalar yozgan. Shuningdek, «otashin qo’shiq» baleti, simfonik kontsert va kamer asarlar mu- allifi.