Solihov Rustamxon Sobirovich

Solihov Rustamxon Sobirovich (1947.4.4, Toshkent) — biokimyogar olim, O’zbekiston Respublikasi fan ar- bobi (2003). Biol. fanlari D-ri (2000), prof. (2001). ToshDUni tugatgan (1970). O’zbekiston FA biokimyo in-tida ilmiy xodim (1973-76), ilmiy kotib (1976— 79), katta ilmiy xodim (1979-98), 1998 y.dan hujayra biol.si lab. mudiri. Il- miy ishlari biologik faol oqsillarni, asosan, nerv tolalarini o’stiruvchi omillar (neyrotrofinlar)ni har xil manbalardan ajratib olib, ularning tuzilishi va xossalarini o’rganishga bag’ishlangan. S. rahbarligida O’rta Osiyo ilonlari zahari tarkibidagi Fer- mentlar va o’stiruvchi omillar tuzilishi hamda xususiyatlari o’rganildi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).