Solijonov Qosim

Solijonov Qosim (1936.6.12, Konimex tumani) — bezovchi rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Benkov nomidagi Respu- blika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1962). «Toshshaharreklama» k-tida bez- ovchi rassom (1962— 64), «rassom» k-tida (1964-69), Toshkent shahar obodonchilik bosh boshqarmasida (1969-71) bosh ras- som. S. Toshkent sh. bosh rassomi sifa- tida Sirg’ali, Hamza va b. tumanlarni bezagan; Turkiya, Suriya, Bolgariya, Tunis, Marokko va b. mamlakatlarda uyushtiril- gan xalqaro yarmarkalarda O’zbekiston pavilonini bezashda ishtirok etgan, «Mustaqillik», «Navro’z» va b. bayram- larni badiiy siyosiy ruhda bayramona bezashda faol qatnashadi.