SOLIQ TIZIMI

SOLIQ TIZIMI — davlat budjetiga undiriladigan soliqlar turi majmuyi, ularni yig’ib olish pullari va usullarni tashkil etish tushuniladi. Unga soliq turlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash; b) ma’lum sohadagi faoliyatni rag’batlantirish yoki cheklab qo’yish; d) aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish.