SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLARNING TO’G’RI HISOBLANISHI HAMDA TO’LANISHI USTIDAN SO’NGGI NAZORAT
SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLARNING TO’G’RI HISOBLANISHI HAMDA TO’LANISHI USTIDAN SO’NGGI NAZORAT-davlat tomonidan soliq organlari yordamida ikki bosqichda amalga oshiriladi: a) korxonalardan buxgalteriya hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) bevosita korxonaning o’zida boshlang’ich buxgalteriya hujjatlarini tekshirish yo’li bilan.