SOLIQQA TORTISH NAZARIYALARI

SOLIQQA TORTISH NAZARIYALARI — soliqqa tortish amaliyotini nazariy jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida eng dolzarb muammo sifatida quyidagi savollarning javobini izlab topish sanaladi: budjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal usullardan foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning qaysi biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? Va hokazo.