SOLIQQA TORTISH OBYEKTLARI

SOLIQQA TORTISH OBYEKTLARI — qonunga muvofiq foyda (daromad), ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, mol-mulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.