Solu (Solow) Robert Merton

Solu (Solow) Robert Merton (1924.23.8, AQSh, NyuYork) Amerika- lik iqtisodchi. Garvard un-tida V. Le- ontev qo’lida saboq olgan. Kolumbiya un-tini tugatgan. S. 1950 y.dan massa- chusets texnologiya in-tida dars bergan. 1961-63 y.larda AQSh Prezidentining iqtisodiy maslahatchisi. S. g’oyalari neokeynschilik ta’li- motini tanqid qilish asosida yuzaga keldi. S. neokeynschilikning ayrim qarashlarini tanqid qilish asosida iqtisodiy o’sishning neoklassik nazari- yasini rivojlantirdi va uni hisoblash usullarini yaratdi. Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda kapitalning eng muhim o’rinda turishini ko’rsatdi. S, shu- ningdek, byudjet siyosati nazariyasi, shaharlar iqgisodiyoti va erdan foyda- lanish, ishsizlik nazariyasi va b.ga ham katta hissa qo’shdi. Nobel mukofoti la- ureati (1987).