Solyar moyi

Solyar moyi — neftni haydash jarayonida hosil bo’ladigan o’ziga xos hidli moysimon suyuqlik. S.m.ning kimyoviy tarkibi haydalayotgan neftga bog’liq. Qaynash t-rasi 240-400°. 350° da 60-70% haydaladi, qotish t-rasi — 20° atrofida, alangalanish t-rasi 125° dan yuqori. Sm. motor yonilg’isi, metallarga ishlov berishda toblovchiso- vituvchi suyukdik sifatida, ko’nchilik, to’qimachilik sanoatida ishlatiladi.