SOLYARIGRAF

SOLYARIGRAF (lot. Solaris — quyoshga doir va …graf) — Quyosh radia- tsiyasini qayd qilib boradigan asbob. Quyosh nurlarini qabul qilib oladi- gan termoelektr asbob — solyarimetr va o’zi avtomatik tarzda qayd qiluvchi qism — galvanografdan iborat. So- lyarimetr Quyoshning harakatiga monand ravishda burilib turadi, qayd qiluvchi qism esa qo’zg’almaydi. S. Quyosh va Quyosh sistemasidagi sayyoralarni o’rganishda qo’llanadi.