Somali

Somali (Soomaaliya), Somali De- mokratik Respublikasi (Jamhuuriyadda Dimoqraadiga ee Soomaaliya) — shim. Sharqiy Afrikada, Somali ya.o.da joy- lashgan davlat. Mayd. 638 ming km2. Aholisi 7,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Mogadisho sh. Ma’muriy jihatdan 18 viloyat (region)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1990 y. qabul qilingan. Davlat boshlig’i — Prezi- dent (2000 y.dan muvaqqat president Abdulqossim Salad Hasan). Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni parlament (o’tish milliy Majlisi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tabiati. Qirg’oq chizig’i kam parcha- langan, sohilining aksari pasttekis- lik. S. hududining Markaziy qismini 500-1500 m balandlikdagi plato egal- lagan. Uning shim. chekkalari baland- lashib borib, massivlarga bo’lingan. S. Afrika platformasining shim.sharqida joylashgan. Eng baland joyi — shim- biris tog’i (2406 m). Pezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, temir ruda va toshtuz konlari bor. Iklimi ekvatori- al, mussonli, qurg’oqchil. Shim.da tro- pik cho’l va chala cho’l iqlim. Yillik yog’in Jan. va g’arbda 500-600 mm, sharkda 100 mm gacha. Yomg’ir, asosan, apr.—iyul va okt.— dek. oylarida yog’adi. Shim.da yanv. ning o’rtacha t-rasi 25-30°, iyulda 32°. Asosiy daryolari — Juba va Vabisha- balining quyi oqimida kema qatnaydi. Hududining katta qismi cho’l. Tuprog’i qizg’ishqo’ng’ir va qizilqo’ng’ir. O’simlik siyrak. Daryo vodiylari va Jan. dagi sohilda tropik o’rmonlar, tog’larda efir moyli daraxt va butazorlar, vohalarda xurmo va kokos palmazorlari bor. Jan. G’arbdagi savanna va chala cho’llarda kiy- ik, zebra, qo’tos, jirafa, Arslon, qoplon, sirtlon, chiyabo’ri, fil, to’ng’iz, daryolarda timsoh, o’rmonlarda maymunlar yashaydi. Zaharli ilon, kush ko’p. Aholisining ko’pchiligi — Somali- lar (95%); arablar, afrikalik bantular va b. ham yashaydi. Rasmiy til — so- Mali va Arab tillari. Shahar aholisi 37,2%. Hukmron din — Islom. Yirik shaharlari — Mogadisho, Xargeysa, ber- bera, Kisimayo, Baydabo. Tarixi. S hududi qadimda Punt deb atalgan, bu erda paleolit davridayoq manzilgohlar bo’lgan. Mil. 1-a.da yirik shaharlar paydo bo’lib, ularning aholisi Arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7-8-a.larda musulmon arablar ko’chib kela boshlagan. 12-16-a.larda Zeyla (Adal), ifat, hadya va b. sultonli- klar bo’lgan. 16-a. oxiri — 17-a. boshla- rida ular mayda amirliklarga bo’linib ketgan. 17-19-a.larda S hududining bir qismi Ummon, Zanjibar Sulton- ligi, Turkiya qo’l ostida bo’lgan. 19-a. oxirida Somali ya.o.ni qo’lga kiritish uchun Evropa davlatlari o’zaro kurash boshladi. 20-a. boshlariga kelib S. uch davlat (Buyuk Britaniya, Frantsiya, ita- liya) mustamlakasiga aylandi. Mustam- lakachilik hukmronligiga qarshi 1899— 1920 y.larda bir necha marta qo’zg’olon ko’tarildi. 2-jahon urushi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941 y. boshlarida ingliz askarla- ri bu erlardan Italiya armiyasini surib chiqarib, okkupasiya tartibini o’rnatdi. Urush yillarida dastlabki siyosiy tash- kilotlar tuzildi. Urushdan so’ng mil- liy ozodlik harakati avj oldi. 1960 y. sobiq Britaniya va Italiya S.lari birla- shib, mustaqil S. Respublikasi tashkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuchlar o’rtasidagi o’zaro kurash to’xtamadi. 1969 y. harbiy to’ntarish sodir bo’ldi, Prezi- dent A. A. Shermark o’ldirildi. S. Demo- kratik Respublika deb e’lon qilindi, hokimiyat harbiylar qo’liga o’tdi, gene- ral Muhammad Siad Barre president bo’ldi. Bir qancha ilg’or islohotlar o’tkazildi. 1991 y. yanv.da hukumat qo’shinlari bilan muxolifatchi guruhlar o’rtasidagi qurolli to’qnashuvlar nati- jasida Birlashgan S. Kongressi (BSK) hokimiyatni qo’lga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan chetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat president etib tayinlandi. O’sha yil noyab.da BSK fraktsiyalari o’rtasida mojaro chiqdi. General Muhammad Farah Aydid bosh- chiligidagi fraktsiya muvaqqat Prezi- dent tarafdorlariga qarshi qurolli harakat boshladi. Urug’qabilachilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mam- lakatda davlat hokimiyatining barbod bo’lishiga olib keldi. 1992 y. oktyabrda S. shimolida BMT tinchlikparvar kuch- lari joylashtirildi. 2000 y. may — avg. oylarida Jibutining arta sh.da Afri- ka va Evropa davlatlari vositachiligi- da o’tkazilgan anjumanda S.dagi turli urug’larning vakillari o’tish milliy Majlisi — parlamentni sayladilar, shu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. S. — 1960 y.dan BMTa’zosi. Milliy bayrami — 1 iyul — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va guruhlari, ka- saba uyushmalari. Birlashgan S. kongres- si, harbiy-siyosiy guruh, 1989 y. tuzil- gan; S. inqilobiy sosialistik partiyasi, 1976 y. ta’sis etilgan; S. milliy alyan- si, harbiy-siyosiy guruh, 1992 y. tashkil qilingan. S. kasaba uyushmalari umumiy federasiyasi, 1977 y. tuzilgan. Xo’jaligi. S. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi. ulushi 59%, sanoat ulushi 10%, xizmat ko’rsatish sohasi ulushi 30 % dan ziyod. Iqtisodiyotning asosini qishloq xo’jaligi.., jumladan, ko’chmanchi chorva- chilik tashkil etadi. Tuya, qoramol, qo’y va echki boqiladi. Q.x.da makkajo’xori, oq jo’xori, er yong’oq, sholi va b. ekiladi. Chetga sotish uchun banan, shakarqamish, paxta, tamaki etishtiriladi. Sohilda baliq ovlash rivojlangan. Sanoati, asosan, qishloq xo’jaligi. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydi- gan ayrim korxonalardan iborat. Ki- simayodagi go’sht k-ti, Mogadishodagi sut z-Di, Laskoraydagi baliq konserva z-Di, Jouhardagi qandshakar z-Di ular- ning eng yiriklaridir. To’qimachilik, ko’nchilik, metall ishlash, paxta tozalash, yog’, binokorlik materiallari va b. kor- xonalar ham bor. Hunarmandchilik (zar- garlik, qurolsozlik, suyak o’ymakorligi, to’quvchilik, teri ishlash) rivojlangan. Oz miqdorda niobiy rudasi va tosh- tuz qazib olinadi. T.y. yo’q. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uz. 2 ming km. Asosiy dengiz portlari: ber- bera, Mogadisho, Kisimayo, Merka. Mo- gadishoda xalqaro aeroport bor. Chet- ga tirik chorva (eksportning 80% dan ortig’i), banan, go’sht, xom teri, go’sht va baliq konservasi, qimmatbaho yog’och tur- lari chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va transport uskunalari, neft maxsulotlari oladi. Saudiya Arabisto- ni, Yaponiya, Italiya, AQSh, Germaniya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — Somali shillingi. Tibbiy xizmati. Aholiga tibbiy yordam davlat davolash muassasalarida ko’rsatiladi (1970 y.dan bepul.) Vrachlar Milliy un-tning tibbiyot ftida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 20-a. boshlarida Di- niy va asr o’rtalarida o’rta maktablar ochila boshladi. 1974 y. majburiy 8 y.lik ta’lim joriy etildi. Shundan so’ng quyidagi ta’lim tizimi vujudga keldi: 5-6 yoshli bolalar uchun diniy maktab, 7 yoshdan boshlab 4 y.lik boshlang’ich, 4 y.lik to’liqsiz oraliq, 4 y.lik to’liq o’rta MAK- Tab. Boshlang’ich maktab uchun o’qituvchilar oraliq maktab negizida 3 y. davomida, oraliq maktab uchun o’qituvchilar esa 4 y. davomida tayyorlanadi, hunartexnika tayyorgarligi 2-4 y. davomida amalga oshiriladi. Mogadishodagi S. milliy un-ti (1954)da darslar Somali, Arab, ingliz va italyan tillarida olib bori- ladi. Mogadishoda industrial, tibbiyot, dengizchilik va baliqchilik, veterina- riya, Islom maktablari, Burao va xar- geysada texnika kollejlari bor. Ilmiy muassasalari: Madaniyat akademiyasi (1972), Xaritagrafiya departamenti (1966), S. taraqqiyot va boshqaruv in-ti (1966), geol. departamenti (1964), Mar- kaziy qishloq xo’jaligi. Ilmiytadqiqrt st-yasi (1965), gigiena va kasalliklar- ning oldini olish lab. va b. Milliy un-t kutubxonasi va b. kutubxonalar, Mogadi- shoda milliy muzey mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz.lari «Xiddig- ta Oktobar» («oktyabr yulduzi», Somali tilida chikddigan kundalik xukumat gaz., 1973 y.dan), «Xorseyd» («ilg’or», ita- Lyan va Arab tillarida chikddigan xuku- mat haftanomasi, 1965 y.dan), «Xegan» («Sergak», ingliz tilida chikddigan xdftalik gaz., 1978 y.dan). S. milliy ax- borot agentligi (sonna) hukumatga ka- rashli bo’lib, 1963 y.da tashkil etilgan. S. radioeshittirish xizmati, Xargeysa radiosi, Mogadisho radiosi Somali, Arab, amxara, italyan, suaxili, frantsuz va afar tillarida eshittirish olib bo- radi. Milliy teleko’rsatuv xizmati 1983 y.dan ishlaydi. Adabiyoti. Somalilarning og’zaki ijodiyoti boy. Turli davrlarda Sulton Viilvaal (16-a.), Raage Ugas (19-a. oxi- ri — 20-a. o’rtalari), milliy qahramon Muhammad bin Abdullo Sayd alxasan (1860-1920), Ali Dux, Kaman Bulxan (19-a. oxiri — 20-a. 40y.lari), lashkar- boshi Ismoil mire (1884-1950) kabi shoirlar mashhur bo’lgan. 2-jahon uru- shidan keyin shoir Abdullohi Sulton (Timoadde), Abdullohi qarshe (milliy madhiya muallifi), shoir va dramatur- glar Husayn Ali Farah, Ali Sugulle, Hasan Shayx Mo’min milliy ozodlik va vatanparvarlik ruhida asarlar yozish- Di. Qosim Hiloliy Skiffo, Abdulloqi Issa Sangub, Musohoji Ismoil Galal jo’shqin she’rlar bilan maydonga chik- dilar. Nuriddin Farahning «Qiyshiq qobirg’adan», Farah Muhammad jomi Aulning «jaholat — muhabbatning dushmani», Muhammad Daxir Afrax- ning «ManaFay» asarlari dastlabki Somali romanlaridir. 20-a. oxirlarida Muhammad Ibrohim, Muhammad Xashi Dama, Abdi Qays kabi adiblar ijod qila boshladilar. Me’morligi va tasviriy san’at. O’troq aholi novdadan to’qib, sirti loy bilan suvalgan kulbalar va bostirma- Simon sinchli imoratlar («mondullo»), ko’chmanchilar esa novdadan to’qilgan, so- mon, tuya terisi va bo’yra bilan qoplangan yig’ma o’tovlar («aggal»), sohil aholisi to’rtburchak, yassi tomli, ikki nishabli uylar («yarish») quradilar. 8-a.dan port shaharlarda Arab me’morligi ruhida ohaktoshchig’anoqdan binolar, masjidlar barpo etilgan. Zeyladagi machit (12-a.), Mogadishodagi Arbarukun (1268), Fax- riddin (1269), Abdul Aziz (1307), Bra- vadagi Abukar Said (15-16-a.lar) mas-jidlarining qoldiklari, Mogadishoda- gi minora (1238) saqlangan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shaharlar qurilishi qorishiq me’morlik ruhida olib bo- rildi. 60y.lardan boshlab shaharlarni rejalash va obodonlashtirish ishla- ri tartibga solindi, uyjoy qurilishi rivojlandi. Bu ishlarga X. Diri va b. me’morlar boshchilik qildi. Jamoat va sanoat inshootlari qurildi, milliy ozodlik kurashi qahramonlari sharafiga obidalar qo’yiddi. S.da tasviriy san’at uncha rivoj- lanmagan. Qad. yodgorliklar — mil. AV. 1ming y.lik — 600 y.larga mansub qoyalarga o’yib ishlangan yoki bo’yoq bilan chizilgan jonivorlarning rasmlari, tosh qabrlar, naqshlangan yodgorlik toshlari saqlangan. 1960 y.dan keyin maxsus ta’- lim olmagan bo’lsa ham rang-tasvirdan xabardor rassomlar ishlay boshladi. Usta Abdi Muhammad mahalliy mavzular- da manzarali kompozisiyalarni chizadi, rassom so’fiy xalq turmushi, mahalliy urfodatlarni ifodalaydi. Badiiy hunarmandlikda yog’ochsozlik katta o’rin egalladi. Yog’ochdan turli ro’zg’or anjom- lari, egar, bolalar o’yinchoklari yasalib, ularga murakkab naqshlarsolinadi. Nov- dadan guldor savat, kajava, turli idish, bezaklar yasaladi. Kulollik, ko’nchilik rivojlangan. Ko’chmanchilarda buqa, fil, karkidon terisidan egarjabduq, juzdon, soyabon, qin yasash odat bo’lgan. Musiqa madaniyati qadim zamonlar- da vujudga kelgan. O’rta asrlardagi S. musiqasida Arab madaniyatining ta’- siri seziladi. Bir qancha xalqdarda, ayniqsa, ko’chmanchilarda mehnat jarayoni va xalq turmushi bilan bog’liq bo’lgan qad. musiqa shakllari hali ham saqdanib qolgan. Ov bilan bog’liq musiqiy janr- lar keng tarqalgan. Hayvon qiyofasiga kirib ijro etiladigan, ov boshlani- shiga, yomg’ir mavsumiga, nikoh to’yiga, farzand tug’ilishiga bag’ishlangan an’- anaviy raqs va qo’shiklar bor. Qishloq joylarda dala ishlari, tuya sug’orish bilan bog’liq qo’shiqlar yoniga siyosiy voqealarga bag’ishlangan qo’shiqlar (Xess) qo’shildi. Cholg’u asboblari — chapua ba- Rabani deb atalgan marosim cholg’usidan tashqari dumaari, medonde, nasaro deb atalgan kattakichik barabanlar mavjud. Kinaanda udni, shareero gitarani, seeze bir torli skripkani eslatadi. Zamona- viy musiqada evropacha san’atga, ko’prok, estrada janrlariga an’anaviy shooba, berey va b. uslublar singdirib yuboril- gan. M. A. Sanguba, A. Naji, Ali Jerir kabi kompozitorlar, Mug’ammad Jama Jof, Ali Elmi kabi xonandalar, Xadi- da Abdullohi Dalles, Xarera Ismani Duniya kabi shoiraqo’shiqchilar mashhur. Mogadishodagi Milliy teatrda musiqa festivallari o’tkaziladi, Muhammad Issa rahbarligidagi S. raqs ansambli (1971 y.da tuzilgan) xorijiy mamlakat- larda gastrolda bo’ladi.