Somon yo’li

Somon yo’li — shim. qutbi Vero- Nika sochlari yulduz turkumida bo’lib, OS- monni deyarli katta aylana bo’ylab o’rab olgan xira nurlanuvchi yo’l; shim. yarim shardagi Oskush yulduzlari turkumidan boshlanib, Jan.ga ikkita alohida tarmoq holida cho’ziladi va bizga ko’rinmaydigan Janubiy but yulduz turkumida birlasha- Di. S.y.ning tuzilishi juda murakkab: ba’zi joyda 30° gacha kengaysa, ba’zi joyda 4-5° gacha torayadi. S.y.ning rav- shanligi hamma joylarda bir xil emas. S. y.ning eng xira qismi aravakash yulduz turkumi atrofida joylashgan. Galiley 1610 y.da S. y.ni kuzatib, uning juda ko’p sonli xira yulduzlar to’plamidan ibo- ratligini tasdiqladi. S.y. yulduzlari to’plami tartibsiz bo’lmay, o’zaro tortish kuchi bilan bog’langan sistemani hosil kiladi. Bu yulduzlar sistemasi Galak- tika deb atalib, uning markazi Oqqush, Qavs yulduz turkumlari oralig’ida joy- lashgan.