So’nalar, so’qirlar

So’nalar, so’qirlar (Tabanidae) — ikki qanotlilarga mansub kalta mo’ylov hasharotlar oilasi. Gavdasi kalta va yo’g’on, qanotlari keng va kuchli. Og’iz organlari sanchuvchiyalovchi, umurtqali hayvonlar terisini oson teshadi. 3000 ga yaqin turi bor. Odatda, o’rmon, dasht va cho’l mintaqalarida keng tarqalgan, suv havzalariga yaqinroq joylarda uch- raydi. Yaxshi uchadi, quyoshli Kunduz kunlari faol hayot kechiradi. Ko’pchilik turlarining urogochisi yirik tuyokli hayvonlar, ba’zan odam qonini so’radi. Chaqqanda og’riydi. Xar terini teshib, jarohatlagan joyiga so’lagini purkay- Di. Sulagi tarkibida qonni ivitmay- digan ferment bo’ladi. Urg’ochi S. o’z vaznidan 1,5— 3 marta ko’proq (40-300 mg) qon so’radi. Erkak S. gullar shira- si va b. suyuqliklar bilan oziqlanadi. Urg’ochisi tuxumlarini suv ustida o’sgan o’simliklar bargiga qo’yadi. Tu — xumdan chiqqan lichinka suvda, suv tu- bidagi balchiqda yoki qirg’oq yaqinidagi nam tuproqsa rivojlanadi; chiriyotgan o’simlik qoldig’i yoki mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. S. tulyaremiya, kuydir- gi, otlar anemiyasi kasalliklarining qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Yomg’ir S.i, tillako’z S, haqiqiy S urug’larining turlari keng tarqalgan. O’zbekistonda S.ning 6 uru/ga mansub 53 turi uchraydi. Asosiy turlari: ho’kiz S.i, kulrang S, bug’u S.i.