So’nko’l
So’nko’l — Markaziy Tyan- Shandagi So’nko’l soyligidagi ko’l (Qirg’izistonda). 3016 m balandlikda. Mayd. 278 km2. Eng chuqur joyi 22 m. Tektonik yo’l bilan hosil bo’lgan. S.ni dengiz sathidan 3600-3900 m baland- likdagi So’nko’ltov tizmasining uncha- lik baland bo’lmagan cho’qqilari o’rab turadi. 10 ga yaqin tog’daryosi quyiladi, lekin, Norin daryosiga (Sirdaryo irmog’i) quyiladigan birgina Ko’kjarti daryosi oqib chiqadi. Ko’l suvida karp, Osman kabi baliklarini ko’paytirish sohasida tajribalar o’tkazilgan. Yozda ko’lga ko’plab parrandalar uchib keladi.