Sonora

Sonora — Meksikadagi shtat, tinch okean sohilida. Mayd. 184,9 ming km2. Aholisi 2,21 mln. kishi (2000). Ma’mu- riy markazi — Ermosilo sh. g’ududining katta qismi past va o’rtacha balandlikda- gi tog’lardan iborat. Sharqida G’arbiy Serramadre tog’lari bor. Iklimi sub- tropik, quruq ikdim. Yillik yog’in 200— 600 mm. Chala cho’l va cho’l o’simliklari usadi. S. — Meksikaning rivojlangan shtatlaridan. Eskport uchun paxta, pomi- dor va erta pishar sabzavotlar etishti- riladi. Go’sht chorvachiligi rivojlangan. Mis, grafit, surma qazib olinadi. Rang- li metallurgiya, oziqovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. Qurilish ma- teriallari ishlab chiqariladi. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Bosh porti — Guaymas.