Soplo

Soplo — gaz, havo (bug’) va suyuqlikni purkash hamda ularning oqimi yo’nalishi va tezligini rostlab turish uchun mo’ljallangan konussimon uchlik. Gidravlik turbina, bug turbina- si, forsunka, reaktiv dvigatellarda (ra- emga q.) ishlatiladi. S.ning ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchak (yassi S), dumaloq (o’q bo’yicha simmetrik S.) yoki ixtiyoriy shaklda (fazoviy S.) bo’lishi mumkin. Sda oqim yo’nalishida suyu- klik yoki gazning tezligi (i) uzluksiz (boshlang’ich tezlik iodan chiqishdagi tez- lik ia gacha) oshib boradi (iqia). Ener- giyaning sak,lanish qonuniga muvofiq, tezlik oshgan sari bosim va tra pasayib boradi. S.dagi suyuqlik yoki gaz oqimini hisoblashda ana shu xususiyatni hisobga olish kerak bo’ladi. S texnikada (bug’va gaz turbinalarida, raketa va havoreaktiv dvigatellarda, magnitgazodinamika qurilmalarida, samolyotlar sinaladigan aerodinamik quvurlar va b.da) keng ish- latiladi.