So’rilish, rezorbtsiya
So’rilish, rezorbtsiya — turli mod- dalarning hujayra elementlari orqali qon va limfaga o’tishi. Ovqat hazm qilish yo’lida (asosan, ichaqda), shuningdek, o’pka, plevra, bachadon bo’shlig’ida, qovuqda, teri yuzasi va b.da sodir bo’ladi. Suv, tuz va ba’zi moddalar (glyukoza, vitamin- lar) deyarli o’zgarishsiz, ko’pchilik ovqat moddalari fermentlar ta’sirida epite- liy qavatidan oson o’tadigan oddiy bi- rikmalarga aylangandan so’ng so’riladi. S.da moddalar fizik jarayonlar (diffu- ziya va h.k.) natijasida harakatlanadi. So’rilgan moddalar barcha organ hamda to’qimalarga tarqalib, energiya hosil bo’lishi va harakatlanish jarayonida sarflanadi. S. murakkab fiziologik ja- rayon; odam va yuksak haivonlar ovqat hazm qilish io’lida S. ichak vorsinka (o’simta) lari hamda mikrovorsinkalar orqali yuz beradi. Uglevodlarning monosaxaridga, oqsillarning aminokislotaga parchala- nib so’rilishi forforillash jarayoniga imkon beradi. Yog’lar oldin Diva mono- gliseridlarga, keyin gliserin hamda yog’ kislotalariga parchalanib so’riladi. S. nerv hamda gumoralgormonal mexanizm orqali boshqariladi. S.ning buzilishi ba’zi ferment va S.da ishtirok etadigan ayrim o’tkazuvchilarning etishmasligi sababli ro’y beradi, goho irsiy xusu- siyatga ega. Bu kamchiliklar organizmga ferment, vitamin, tuz va b. moddalarni kiritish yo’li bilan bartaraf qilinadi.