SOTIM ULUG’ZODA

SOTIM ULUG’ZODA (1911.11.9, Chust — 1997, Dushanba) — tojik yozuv- chisi, dramaturg, adabiyotshunos. Tojiki- ston FA muxbir a’zosi (1951). Toshkent O’qituvchilar in-tini tugatgan (1929). 2-jahon urushi katnashchisi. Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining 1kotibi (1944 -46). Ijodi 1930 y.dan boshlangan. «O’t ichida» dramasi (1944)da xalqning fashizmga qarshi kurashi tas- virlangan. «Himmatli do’stlar» (1947), «Yoshligimiz tongi» (1951) qissalari, «Izlovchilar» komediyasi (1951) oila mu- ammolari haqida. «Yashnagan Diyor» (1953) romani urushdan keyingi yillar qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirishga bag’ishlangan. Su. «Ibn Sino» (1953), «shoir qismati» (1957), «Rudakiy» (1958), «Vakila» (1960) kinossenariylari, «gavhari shamchiroq» (1962) komediyasi, «Vose'» romani (1967) muallifi. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Yoshligimiz tongi [qissa], T., 1958; Vose’ [roman], T., 1970.