«Sovplastital»

«Sovplastital» — O’zbekiston — Italiya qo’shma korxonasi. Toshkent sh.da joylashgan. Plastmassa, rangli shisha, chinni, sogyul, yog’och va b.dan xalq iste’moli tovarlari va yuksak badiiy sovg’a buyumlari — uy, ofis, meqmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari, dala hovlilarga mo’ljallangan plastmassa mebellar va turli jihozlar, chinni, bil- lur, rangli shishadan ishlangan ro’zg’or buyumlari, santexnika jihozlari, rang- li gullar va guldastalar — jami 800 dan ortiq nomdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona tarixi 1969 y.da Toshkent sh.da sobiq SSSR Kime sa- noatiga qarashli plastmassalarning atmosfera ta’siriga chidamliligini o’rganish lab. tashkil etilishidan bosh- lanadi. 1970 y.da laboratoriya i.t. va loyihatexnologiya bo’limiga aylantiril- Di. 1974 y.da O’zbekiston maishiy kimyo va plastmassa buyumlari ishlab chiqaradigan «O’zmaishiykimyoplast» birlashmasi (1982 y.dan «O’zmaishiyplastika» il- miyi. ch. birlashmasi) tashkil topdi. 1987 y.da birlashma va Italiyaning «Almaroze» firmasi b-n hamkorlikda O’zbekistanitaliya «S.»qo’shma korxona- si tuzildi. 1998 y.dan mas’uliyati che- klangan jamiyat (LTD) shaklidagi qo’shma korxona. Uning tarkibida «MVM», «S. va Tabor», «S. va Sonya», «Italfud», «Toshinvestplast» sho»ba korxonala- ri bor. Qisqa davr mobaynida korxona Markaziy Osiyoda plastmassadan xalq iste’moli tovarlari va yuksak badiiy saviyadagi buyumlar i.ch. bo’yicha etakchi korxonaga aylandi. Korxonaga xom ashyo va turli rangli kontsentratlar Rossiya, Ukraina, Italiya, Qozog’iston, Jan. Ko- Reya, shuningdek, Sho’rtan gazkimyo majmu- idan olinadi. Korxonada eng zamonaviy texnolo- giyalar, yuqori texnologik uskunalar, dizayn joriy etilgan, 4,4 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi, shu jum- ladan, eksport hajmi 352 ming AQSh dollaridan ortiq bo’ldi (2002). Korxo- na ko’pincha xalqaro ko’rgazmalarda o’z mahsulotlari b-n ishtirok etgan va me- dallar, diplomlar, sovrinlar b-n muko- fotlangan. Korxona mahsulotlari Buyuk Brita- niya, Kanada, Shveytsariya, Rossiya, AQSh, Germaniya, Qozog’iston va b. mamlakatlar- ga eksport qilinadi. Rossiya (Moskva, Nijniy Novgorod), Shveytsariyada savdo uylari, Toshkent va Samarqand sh.larida firma magazinlari bor. Aleksandr Melkumov.