Sovuqlik qutblari
Sovuqlik qutblari — yer sharida havo harorati eng past bo`lgan joylar. Verxoyansk-Oymyakon Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbidir; bu yerda mutlaq harorat -70 daraja, yanvarning o`rtacha harorati -50,5 darajaga yetadi. Sharqiy Antarktidadagi «Vostok» stansiyasi atrofi janubiy yarim sharninggina emas, balki butun planetaning sovuqlik qutbidir — bu yerda mutlaq minimum harorat -88,3 darajaga, yillik o`rtacha harorat esa -55 darajaga teng bo`lgan.