So’x

So’x — Farg’ona vodiysidagi ser- suv Daryo. Olay va Turkiston tizmalari- ning shim. yon bag’irlaridan 5550 m cha balandlikdagi muzlikdan boshlanadi. Uz. 124 km, havzasining mayd. 3510 km2, suv havzasining bal. 3480 m. Dalbek, Shudmon va Xo’jaochkan soylari zardo- li qishlog’i yonida birlashib, S. daryosi- ni hosil qiladi. Yuqori qismida juda chuqur va tor (eni 4-10 m) daradan oqadi. Adirlar zonasiga chiqqach, Daryo vodiysi kengayib 500 m ga etadi. Shundan so’ng Daryo kengligi 70 km, uz. 50 km li, tosh va shag’aldan tuzilgan yoyilma konus hosil qiladi. Daryoning ayrim qismlarida ikkinchi va uchinchi terrasalari bor. S.Farg’ona vodiysiga oqib chiqqach, tarmoqlarga bo’linib ketadi. Daryo muz- lik va qordan to’yinadi, chunki havzasiga yog’adigan yillik yog’in miqdorining 71% qor va 29% yomg’irga to’g’ri keladi. Havzasining mayd. 244 km2li 364 muz- lik bor. Eng yirigi Archaboshi (12 km2). O’rtacha okim moduli 17,0 l/sek, km2. S. suvining loyqaligi o’rtacha (0,99 kg/m3). Adirlar oralig’ida daryoga Sariqo’rgon suv tuguni va O’xchi GES, etagida Qo’qon gidrotuguni qurilgan. S. Farg’ona vilo- yatining O’zbekistan, Dang’ara, Uchko’prik, Bag’dod tumanlari erlarini suv bilan ta’minlaydi. Daryo vodiysida Qo’qon sh. joylashgan. «Cho’ng’ora» va b. kurortlari bor.