So’x gaz-neft koni

So’x gaz-neft koni — Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qo’qon sh.dan 30 km Jan.da antiklinal burma- da joylashgan. 1956 y.da ishga tushiril- gan. Strukturaning Markaziy qismidan So’x daryosi kesib o’tadi, relefning mutlaq bal. 850-864 m. Shim. So’x bur- masida paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziqdari bor. S.g.k.da 1946— 68 y.larda 139 ta burg’i qudug’i qazilib, un- dan 59 tasidan sanoat miqyosida neft va gaz olingan. S.g.k. ko’p qatlamli, gaz va kisman neft paleogen yotqiziklari gorizontlarida uchraydi; 6gorizontdagi neft uyumida gaz qalpog’i bor. Bo’r va yura davrlari gorizontlarida ham gaz uyumlari mavjud. 2gorizont 1070-1350 m chuqurlikda ochilgan. Qatlam, asosan, mayda qumtoshlardan iborat, kalirshi- gi 14 m, g’ovakligi 9— 38%, gazlilik mayd. 7,7 km2, uyum bal. 240 m. Gaz zich- ligi 0,676 g/sm3. Barcha gorizontlarda gazning tarkibi turlicha. Neft uyumi Sharqiy ko’tarilmada ochilgan, 4gori- zont Rishton qatlamlari orasida joy- lashgan, ohaktoshli, ostki qismi may- da qumtoshli. Foydali qalinligi 3 m. G’ovakligi 2,7616,4%. Qatlam 13001420 m chuqurlikda ochilgan. Neftgazlilik maydoni 1038 ga. Neft zichligi 0,880 g/ sm3. Tarkibi (%da): asfaltenlar 0,90, aktsiz smolasi 14,7, koks 2,5, parafin 7,9. Neft engil, kam oltingugurtli (0,12%). 8gorizont Buxoro qatining yuqori qismida joylashgan, qumli ohaktoshlar, gil, angidrit va qumtoshlardan ibo- rat. Qalinligi 33 m, mahsuldor qatchalarning umumiy qalinligi 16 m, g’ovakligi 15-21% bo’lib, 1470-1590 m chuqurlikda ochilgan. Konda 1961 y. bo’r yotqiziklaridagi gaz oqimi 8gorizont- ning gumbaziga yo’naltirilgan. 1963 y. qatlamdagi bosimni bir me’yorda saqlash uchun neft chegarasi tashqarisiga suv bostirilgan va 1964-67 y.lar davomida bosim pasayishi oldi olingan. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.