SOXTA SIMQURTLAR

SOXTA SIMQURTLAR — qoraqo’ng’izlar va changxo’rlar oilasiga mansub qo’ng’izlar lichinkasining umu- miy nomi. Ular simqurtlar bilan birga- likda tuproqda yashaydigan zararkunanda hasharotlarning katta guruhini tash- kil etadi. Ularni qirsildoq qo’ng’izlar lichinkasi — haqiqiy simqurtlardan farklash uchun S.s. deb atalgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasida sedan makkajo’xori, dasht hamda qumloq sust- kashlari, uzun tumshuqli Qoraqo’ng’iz va b. uchraydi (yana q. Dasht sustkashi, Makkajo’xori zararkunandalari).