SOYMALITOSH RASMLARI
SOYMALITOSH RASMLARI — Farg’ona tog tizmasining Ko’gart do- voni yaqini (Qirg’iziston hududi)dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. 1902 y.da topograf N. Xludov topgan. Dast- lab I. Poslavskiy, keyinroq B. Zima, A. Bernshtam, Yu. Golyanduxin va b. tomoni- dan o’rganilgan. S.r.ning umumiy soni 10-12 mingdan ortiq bo’lib, bu erda eng ko’p qoyatosh rasmlari to’plangan. S p. tur- li davrlarda yaratilgan: mil. AV. 3ming yillikda, yana bir qismi mil. AV. 1ming yillikning 2-yarmida ishlangan; mil. 1-8-a.lar va undan keyingi davrlarga mansub rasmlar ham uchraydi. S.r. qattiq buyum, tosh b-n uribo’yib soya, oddiy chiziqlar, narsalar shakli va naqshdor uslubda ishlangan. Yovvoyi buqa, ot, it, tog’echkisi, arxar, qoplon, quyosh tas- viri, chayla, o’qyoy va b. bor; er haydash, raqs lavhalari, qandaydir diniy ma- rosimlarni bajarayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi. San’at obidasi bo’lgan S.r. O’rta Osiyo xalqlari tarixi, hayoti, urfodatlari va b.ni o’rganishda qimmatli manbadir.