Spektrogelioskop
Spektrogelioskop (spektr, gelio… va Yun. skopey — qarayman) — Quyosh sirtini vizual kuzatishga imkon beradigan spektral astronomik asbob. S. katta spektroskopmonoxromatordan iborat; uning kirish tirkishi tekisli- giga uzun fokusli ob’ektiv yoki ko’zgu yordamida Quyosh tasviri tushiriladi, chi- kish tirkishi esa Kuyosh spektridan ba’zi spektral chiziq (odatda, kizil vodorod chizig’i na) ni ajratib oladi. Tirqishlar ketma-ket joylashganligi tufayli kuza- tuvchida ko’rish taassuroti yo’qolmasligi uchun ikkala tirkish ham sinxron tebran- ma harakatga keltiriladi. Natijada ku- zatuvchi Quyosh atmosferasini yoki Kuyosh gardishidan tashqarida hosil bo’ladigan protuberantsgar, xromosfera va b.ni kuzatishga muvofiq bo’linadi. Tirkish o’rniga prizma o’rnatish ham mumkin; u motor vositasida aylantiriladi va Quyosh gardishining tasviri bo’laklarga bo’lib kuzatiladi. S. birinchi marta 1891 y. Amerika olimi E. Xeyl va frantsuz astronomi A. Delandr konstruktsiyalari asosida yaratilgan.