Spikulalar

Spikulalar (lot. Speculum — uchi, mut — nashtar) — 1) ayrim umurtqasizlarning ohak yoki krem- niydan iborat skelet elementlari. G’ovaktanlilar (1, 3, 4 va ko’p o’qli ig — nalar shaklida), 8 nurli korallar, egat qorinchali mollyuskalar, ignaterililar (goloturiyalar) va assidiyalar uchun xos; 2) nematodayaaraa erkaklik jinsiy or- ganlarining bir qismi. Ayrim nemato- dalarda S. kloaka teshigidan chiqarilib, urg’ochisi jinsiy teshigini kengayti- rish uchun xizmat qiladi; boshqalarida S. tarnovsimon shakdda, birbiri usti- ga taxlanib, urg’ochisi jinsiy yo’liga urug’hujayralarni o’tkazish vazifasini bajaradi. Odatda, S. 2 ta, ba’zan 1 ta bo’ladi.