SPILITLAR

SPILITLAR (Yun. spilos — dog’, hol) — kuchli o’zgarishga uchragan ba- zalt tog’jinslari, suv osti vulkanla- ridan lavaning quyilishi natijasida hosil bo’lgan. Bu jinslarda dala shpati ikkilamchi albitdan iborat. S. mikro- lit, ba’zan diabaz strukturali; albit- lashgan plagioklazning ingichka va uzun mikrolitlaridan g’osil bo’lib, ularning oraliklari xlorit va ruda minerali bi- lan to’lgan. S. spilitli tuflar, sharli lavalar va ularga yaqin bo’lgan jinslar bilan birgalikda dengiz tagida hosil bo’lgan cho’kindi jinslar orasida uchray- Di. S. Er po’stidagi chukur yoriklar zonasi bilan alokador. S. burmali mintaqalar rivojlanishining ilk bosqichlarida suv osti sharoitida yuzaga kelgan vul- Kan ik katlamlarda keng tarqalgan (Kav- kaz, Ural, Oltoy, Qozog’iston va b.). O’zbekistonning ZirabuloqZiyovuddin, Tomdi, Nurota, Hisor tog’larida bor.