Sporofit

Sporofit (spora(lar) va … Fit) — rivojlanish davrida jinsiy va jinssiz naeli gallanib turadigan o’simliklarning jinssiz naeli; spora- lar hosil qiladi. S. urg’ochi va erkak ga- ploid jinsiy gametalar qo’shilib hosil qilgan zigotadan o’sib chiqadi. S.ning har bir hujayrasi zigota singari Di- ploid xromosomali. Tuban o’simliklar (volvokssimonlar, ulotrikslar va b.) Si gaploid yoki diploid bo’lishi mumkin (qo’ng’ir, qizil va ba’zi yashil suvo’tlar). S.da jinssiz ko’payish orga- ni — sporangiylar shakllanadi. Spo- rangiylarda reduktsion bo’linish (q. Meyoz) orqali gaploid meyosporalar hosil bo’ladi. Meyosporalardan gaplo- ID jinsiy bo’g’in gametofit shakllanadi. O’simliklarning har xil guruhi hayot TSI- klida S. bir xilda namoyon bo’lmaydi. Tu- ban o’simliklarning izomorf nael Alma- shinuvida S. morfologik jihatdan Game-tofitdan farq qilmaydi (ayrim yashil va qo’ng’ir suvo’tlar). Geteromorf nael Alma- shinuvida S. tobe (monostrom, kutleriev suvutlar) yoki ustunlik qilishi (sifon- Simon va qo’ng’ir suvo’tlar) mumkin. Yuk- sak o’simliklar tsikli geteromorf bo’lib, yusinsimonlardan boshqa barchasida S. ustunlik qiladi. Yo’sinsimonlarda S. gematofitning ustida hosil bo’ladi va uning hisobidan oziklanadi.