SPORT O’YINLARI
SPORT O’YINLARI — musobaqalar turlari; uning asosida nishon (raqib darvozasi, maydonchasi va QK)ni sport anjomi (odatda, to’p) bilan turli texnik va taktik usullar va vo- sitalar yordamida egallash yotadi, belgi- langan qoidalarga muvofiq o’tkaziladi va maxsus ko’nikmalarni talab qiladi. S.o’.da tabiiy harakatlar va jismoniy mashklar (yugurish, sakrash, uloqtirish va h.k.) kompleksi qo’llaniladi. S.o’.ning 3 asosiy turi bor: jamoaviy S.o’. (ba- sketbol, voleybol, gandbol, futbol, xok- key, regbi, suv poloso’va b.), shaxsiy Su. (shashka, shaxmat va b.) va shaxsiy xamda juftlik Su. (tennis, badminton). Katta jismoniy kuchni talab qiladigan S.o’., odatda, faqat erkaklar o’rtasida utka- zishga mo’ljallanadi.