Sport psixologiyasi
Sport psixologiyasi — psi- xologiya sohasi; sport musobaqalari va mashkdar vaqtida inson psixikasining holati, guruhiy munosabatlarning psi- xologik qonuniyatlarini tadqiq qiladi. S.p. 20-a.ning 60—70y.laridan rivoj- lana boshladi. S.p.ning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy ka- molotiga ta’sir o’tkazuvchi muhim shart- sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, S.p. sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, yutuqqa eri- shishlariga psixologik yordam ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi. Murabbiy bi- lan shogird munosabatlari, o’zaro ta’- sir, guruhiy moslik, o’zaro yordam, ja- moaviy iliq ruhiy muhit, o’zini o’zi boshqarish muammolari ham tadqiq eti- ladi. Sportchilarni muvaffaqiyatsizlik tufayli yuzaga kelgan stress, depres- siya holatlaridan olib chiqishning yo’lyo’riqlari, hissiy zo’riqishlar, ishonchsizlikning oldini olish vosita- larini yaratish uning tadqiqot predme- tiga kiradi. Ergash G’oziev.