Sport qayiqlari

Sport qayiqlari — eshkak eshish va elkanli kema sporti hamda suv turiz- mi uchun mo’ljallangan qayiklar. Esh- kakli S.q. sirasiga akademik qayiqlar, baydarkalar, kanoe, shlyupkalar, odamlar eshkak eshib sayr qiladigan qayiklar va b. kiradi. Motorli S.q. (mas, skuterlar) turg’un yoki osma dvigatellar bilan ta’- minlangan bo’ladi. Shuningdek, kayutali elkanlimotorli S.q. ham bo’lib, ular kreyserlar poygasida qo’llaniladi.