Stabilitron
Stabilitron [lot. stabilis — turg’un, doimiy va elek(tron)] — elektr zanjirining ma’lum qismidagi kuchla- nishni birday tutib turish (barkaror- lash) uchun ishlatiladigan ikki elektrod- li gaz razryadli yoki yarim o’tkazgichli as- bob (diod). Ishi undan o’tadigan tokning o’zgarishiga qarab kuchlanishning qisman o’zgarishiga asoslangan. Yarimo’tkazgichli, toj razryadli va tutovchi razryadli xil- lari bor. Yarimo’tkazgichli S. uchun barqarorlovchi kuchlanish 3-180 V, toj razryadli S. uchun 300 V—30 kv, tutovchi razryadli S. uchun 70-160 V. Slar elek- tron asboblarda qo’llaniladi.