Stagflyasiya

Stagflyasiya (lot. stagno — qo’zg’almas qilaman va infl atio — shishmoq, puflangan) — iqtisodiyotda chuqurlashib borayotgan pasayish bilan o’sib bo- rayotgan inflyasiyaning qo’shilishi, iqtisodiyotning turg’unlik, inflyasiya bilan tavsiflanuvchi holati. S nisbatan kam uchraydigan hodisa. S. belgilari: iktisodiy o’sish g’oyat sust boradi yoki yuz bermaydi, ishsizlik ko’payadi, tirikchi- lik qiymati usadi, inflyasiya kuchayadi, ishlab chiqarish. quvvatlari to’la ishla- tilmaydi, investisiya jarayoni sustla- shadi, ijtimoiy beqarorlik ortadi. S. rivojlangan G’arb mamlakatlarida 70y. lar —80y.lar boshida jahon bozorida xom ashyoyoqilg’i tovarlari narxlarining bir necha baravar ko’tarilishi oqibatida paydo bo’ldi. 90y.lar boshlarida SSSR parchalanganidan keyin vujudga kel- gan va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mustaqil davlatlarning deyarli barchasi- da chuqur S holati yuz berdi.