STAGNATSIYA

STAGNATSIYA — jamiyat va iqtisodiyotning o’ziga xos holati. Iqtisodiy jihatdan olib qaralsa, bunday vaziyatda ishlab chiqarish ko’lamining keskin pasayishi, ishsizlikning, inflyatsiyaning kuchayishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi, ijtimoiy tanglikning oshib ketish hollari kuzatiladi.