Stalingrad jangi

Stalingrad jangi — 2-jahon urushi davridagi eng yirik janglardan biri (1942 y. 17.7 — 1943 y. 2.2). Stalin- grad atrofi va shahar ichidagi mudofaa janglarida (18 noyab.gacha) Stalingrad (marshal S. K. Timoshenko, 23 iyuldan generalleytenant V. N. Gordov, 9 avg.dan generalpolkovnik A. I. Eryomenko), Jan. Sharqiy (7 avg. — 27sent.da generalpol- kovnik A. I. Eryomenko) va don (28 sent. dan; generalleytenant, 1943 y. 15 yanv.dan generalpolkovnik K. K. Rokossovskiy) frontlarining sovet qo’shinlari qattiq qarshilik ko’rsatib, nemis fashistlari- ning 6dala va 4tank armiyalari hujumini to’xtatdi. 19-20 noyab.da Jan.G’arbiy (22 okt.dan; generalleytenant, 7 dek.dan generalpolkovnik N.F. Vatutin), Sta- Lingrad (28 sent.dan; generalpolkovnik A. I. Eryomenko) va don frontlarining sovet qo’shinlari hujumga o’tib, Stalin- grad atrofida dushmanning 22 diviziyasi (330 ming kishi)ni kurshab oldilar. Dek. da sovet qo’shinlari dushmanning kurshab olingan gruppirovkani qutqarish uchun qilgan harakatlarini qaytarib, uni tor- mor keltirdi. 31 yanv. — 2 Fev.da nemis fashistlari 6armiyasining qoldiqlari (91 ming kishi) generalfeldmarshal F. Paulyus boshchiligida asir tushdilar. S.j.dagi galaba juda katta siyosiy, stra- tegik va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi.